“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ yangi sayyohlik mavsumiga tayyor

"O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan sayyohlikni rivojlantirish, ayniqsa ichki turizmni taraqqiy ettirish maqsadida bir qator ishlar olib borilmoqda.

Xususan, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning rasmiy veb-sayti orqali elektron tarzda chipta sotib olish tizimi muntazam faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, 10 kishilik sayyohlar uchun 10 foiz, 25 kishilik guruh uchun esa tarifdan kelib chiqqan holda 15 foiz chegirmalar taqdim etiladi. Mavsum davomida buyurtmaga ko‘ra chet el sayyohlik kompaniya vakillari uchun charter reyslarni tashkil etish ham mumkin. Yurtimiz aholisi va sayyohlar uchun har kuni tarixiy shaharlar Samarqand, Buxoro, Qarshi va Shahrisabzga yuqori tezlikda harakatlanuvchi 

“Afrosiyob” elektropoyezdi qatnovi amalga oshirilmoqda. Yana bir yangilik hozirgi kunda temir yo‘l vokzallarida yashil yo‘lak, valyuta ayriboshlash shaxobchalari ham mavjud. Shuningdek, namozxona va taxoratxonalar tashkil etilgan.

Mamlakatimizning diqqatga sazovor maskanlariga sayyohlarni yetib olishlari uchun yangi yo‘nalishlarda qatnovlar amalga oshirildi. Jumladan, shu yildan boshlab ikki tarixiy shahar Buxoro va Xiva o‘zaro temir yo‘l orqali bog'lanib, yangi tez yurar poyezd harakati yo‘lga qo‘yildi. Mazkur poyezdda sayyohlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Xususan, keng va yorug' biznes, VIP klassdagi hamda restoran vagonlar tarkibdan o‘rin olgan. Atigi besh soatda yo‘lovchilar Xiva shahriga yetib olishlari mumkin. 






Аxborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI