Dronlar: Ilmiy izlanishlar temir yo'l xizmatida

Ma'lumki, Prezident SH.M. Mirziyoyev tomonidan «Boshqaruvchisiz uchish qurilmalarini (dronlar)» ishlab chiqish va ekspluatatsiyasi bo'yicha zudlik bilan kadrlarni tayyorlash vazifasi belgilab berildi. “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati infratuzilmalarida dronlarni qo'llash, ularni amaliyotda olingan natijalarini tahlil qilish borasida dastlabki qadamlar qo'yildi. Ya'ni, 2018 yilida Toshkent temir yo'l muxandislari institutida yangi «Dronlarni loyihalash va ekspluatatsiya qilish» yo'nalishi ochilib 2018-2019 o'quv yili bakalavr bosqichiga 32 nafar talaba o'qishga qabul qilindi.


Dronlar temir yo'l hududiga noqonuniy kirish, o'g'irlik yoki terroristik harakatlar sodir etishi mumkinligi haqida ogohlantiradi. Har qanday jamiyat iqtisodiy jinoyatlardan zarar chekmasligi kurashish zarur bo'ladi. Uchuvchisiz uchish apparatlari jinoyat tergov jarayonini osonlashtiradi, profilaktika samaradorligi oshirib, jinoyatchilik xavfi yuqori bo'lgan hududlarda, ayniqsa, yo'lovchi stantsiyalarida monitoring ishlarini olib boradi Mazkur apparatlar yer xaritalarni, maxalliy geodeziya rejalarini tuzishda, havoning aniq temperatura va ifloslanish darajalarini aniqlashda, ob-havo hodisalarini kuzatishda, yana yuqori xavfli hududlarda ishlatiladi. Bunday texnologiyalar yangi temir yo'l liniyalarini, turli xil stantsiyalarni, ayniqsa tabiiy muhitga kirish qiyin bo'lgan joylarda, optimal marshrutlarni qurish uchun xamda topologik tadqiqotlarni soddalashtirishda yordam beradi.

Hozirgi paytda bu ulkan innovatsion g'oya ustida Toshkent temir yo'l muxandislari instituti ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari tomonidan bir necha loyihalar amalga oshirilmoqda. «Dronlarni loyihalash va ekspluatatsiya qilish» ta'lim yo'nalishiga qabul qilingan talabalar ushbu loyihalarning nafaqat kuzatuvchisi, balki ishtirokchisiga aylandi. Shuningdek, talabalar ta'lim jarayonida gidrostatika, gidrodinamika, aerodinamika qonuniyatlarini o'rganib bormoqda.

Toshkent temir yo'l muxandislari 
institutining matbuot xizmati

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI