Diqqat: ilk tajriba

Ma'lumki, so'nggi yillarda mamlakatimiz temir yo'l tarmog'ida juda katta islohotlar amalga oshirildi. Ayniqsa, dunyo hamjamiyatining e'tiborini tortgan, bundan tashqari yurtimizda yaxlit temir yo'l tizimini tashkil qilishga zamin yaratgan yirik loyihalarning hayotga tatbit etilishi temir yo'l iqtisodiyotning qon tomirlaridir degan iboraning qanchalik haqiqat ekanligini yana bir bor isbotladi. Raqamlarga e'tibor qaratadigan bo'lsak, hozirgi kunda diyorimizda mavjud temir yo'llarning uzunligi 7 ming kilometrdan, elektrlashtirilgan temir yo'llarning uzunligi esa 2 ming 700 kilometrdan oshdi. Shuningdek, qo'shni davlatlar bilan hamkorlini yanada mustahkamlash maqsadida temir yo'l sohasida ham yangi yo'laklar ochildi. Galdagi vazifa bunday imkoniyatlardan to'liq foydalanish, tranzit tashuvlarini yanada ko'paytirish, buning uchun malakali kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirishdan iborat.

Shularni inobatga olib, 2018 yil 5 dekabr kuni "O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyatida poezdlar harakatini tashkil etish, qabul qilinayotgan yukli vagonlar sonini ikki barobar oshirish, mutaxassislarda tegishli ko'nikmalar hosil qilish maqsadida, "O'zbekiston temir yo'llari" AJ rahbariyatining №2187-NZ sonli buyrug'i qabul qilindi hamda joriy yilning 5 dekabridan 20 dekabrigacha "Yuk tashuv-2018" o'quv mashg'uloti e'lon qilindi.

22 banddan iborat buyruqda asosan stantsiyalarda ish unumdorligini orttirish, kelayotgan yuklarni o'z vaqtida qabul qilish, vagon aylanish tezligini oshirish, eksport, import salohiyatini ko'tarish hamda ishchi-xodimlarning tajribasini yuksaltirish bo'yicha topshiriq va vazifalar belgilab berilgan. Buning uchun maxsus shtab tashkil etildi. 

Statistik ma'lumotlarga qaraganda “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan joriy yilning 11 oyida respublikamiz xududiga umumiy miqdorda 16 million 100 ming tonna import yuklari qabul qilib olindi. Bu o'tgan yilning hisobot davriga qaraganda 4 million 500 ming tonnaga ko'p deganidir. Tahlillarga ko'ra, import yuklarining 81 foizi ya'ni 10 million 700 ming tonnasi mamlakatimizni Qozog'iston Respublikasi bilan bog'lab turgan Keles xalqaro tutashuv punkti orqali qabul qilingan. Uning qariyb 60 foizi Toshkent mintaqaviy temir yo'l uzeli unitar korxonasi bekatlari hissasiga to'g'ri kelmoqda. Bu esa uzel tarkibidagi bekatlar o'zining texnik imkoniyatidan ikki barobar ko'p ishni bajarayotganidan dalolat beradi, ya`ni ularda bir sutkada reja 145-196 foizga ortig'i bilan bajarilmoqda.

Shu vaqtga qadar Sariyog'och bekati orqali o'rtacha 17 ta yuk poezdi qabul qilinayotgan bo'lsa, hozirgi kunda bu ko'rsatkich 22 taga yetdi. Bu bir oyda 150 dan ortiq poezd qabul qilin deganidir. Ish xajmining ortganligi sabab kechki va ikunduzgi smenalar tashkillashtirilgan. 

Bojxona xizmati va chegara qo'shinlari bilan izchil hamkorlik o'rnatilgan. Toshkent uzeliga kirayotgan yuklarning ko'pligini inobatga olib, boshqa uzellardan qo'shimcha manyovr teplovozlar va ishchi xodimlar jalb etildi. Bir sutkada 26+2 yuk poezdini qabul qilish rejalashtirilgan. Hozirda yuklar asosan qo'shni mamlakatlar Tojikiston va Afg'onistonga tranzit qilinmoqda.

Albatta, bunday sa'y harakatlarni to'la -to'kis amalga oshirish uchun malakali kadrlar ehtiyoj ortmoqda.
“O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyatida soha uchun yetuk mutaxassislar tayyorlash bo'yicha mukammal tizim mavjud. Jamiyatning kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash, rahbar kadrlar zahirasini shakllantirishga qaratilgan ishlarni yanada rivojlantirish hamda ularning menejment, marketing, AKT va ma'muriy boshqaruvning zamonaviy usullari bo'yicha bilim va ko'nikmalarini boyitishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish maqsadida, 2018 yil 14 iyunda №1144-NZ-sonli buyruq imzolandi. Unga asosan, ilk bora, Toshkent temir yo'l muhandislari instituti qoshidagi Kadrlar malakasini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash yo'l markazida jamiyatning yosh yuqori va o'rta bo'g'in boshqaruv kadrlari uchun uch oylik va bir yarim oylik malaka oshirish dasturlari loyihasi doirasida kurslar tashkil etildi.

Bugungi kungacha bu markazda 30 nafar yuqori va 45 nafar o'rta bo'g'in boshqaruv kadrlari malaka oshirish kurslarini o'tab, tegishli sertifikatga ega bo'ldilar. Loyihaga ko'ra, birinchi bosqichda jami bo'lib 90 nafar yuqori va 110 nafar o'rta bo'g'in boshqaruv kadrlarining malakasini oshirish rejalashtirilgan.

5 dekabrdan boshlangan "Yuk tashuv-2018" o'quv mashg'uloti kelajakda temir yo'l tizimida yuk va yo'lovchi tashish salohiyatini yuqori darajaga ko'taradigan, qolaversa mamlakat iqtisodiyotini yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan yosh kadrlarda yetarlicha ko'nikma hosil qilishga zamin yaratadi.

Axborot xizmati

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI