Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

21:10:45 (GMT +5), yakshanba, 18 noyabr 2018

Yo'lovchilar diqqatiga!


Xurmatli yo'lovchilar!

     "O'zbekiston temir yo 'llari" AJ poezdlarning qatnovini, yangi yo'nalishlarni ko'paytirish, xizmat ko'rsatishni yaxshilash va barcha poezdlar safarlarida yo'lovchilarning xavfsiz xarakatlanishini ta'minlash bo'yicha doimiy ish olib borayapti.
    Raqobatdosh, ishonchli, uzoq muddatli investitsiyalarni ta'minlash uchun 2018 yilning 1 noyabridan boshlab "AFROSIYOB" tezyurar poezdlari chiptalarining narxi oshishini ma'lum qiladi.
Bu o‘z navbatida har kuni sarflanib kelinayotgan elektr energiya, xomashyolar, shuningdek, harakatlanish davomida vujudga keladigan barcha xarajatlarni qoplash va poezdda xizmat ko‘rsatuvchi barcha xodimlarga munosib ish haqini to'lashga zamin yaratadi.
     Narxlarni tartibga solish o‘z navbatida poezd yo'nalishlar sonini ko‘payishiga olib keladi va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yo'nalishlarni doimiy ravishda ta‘minlab turadi.
      Eslatib o'tamiz, hozirgi kunda Toshkent-Buxoro-Toshkent, Toshkent-Shahrisabz-Toshkent, Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishlarida 4 ta "Afrosiyob" tezyurar poezdi harakatlanib yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
       Sizlarni "Afrosiyob"poyezdlarimizda ya‘na ko‘rishdan va xizmatingizda bo‘lishdan xursand bo‘lamiz!

Axborot xizmati

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish