• Narzullayev Zufar Gʻiyasovich
    Boshqaruv raisi

    Narzullayev Zufar Gʻiyasovich

    • Qisqacha tarjimai hol

      1970 yilda Jizzax viloyati, Gʻallaorol tumani tug'ilgan. Millati - o'zbek. Ma'lumoti - oliy.

      1991 yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tugatgan. 

      2007 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi  Akademiyasini tugatgan.

      2009 yilda Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari institutini tugatgan.  

      1996 yildan O'zbekiston temir yo'l sohasidagi tarkibiy bo‘linmalarida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 

      2009 – 2016-yillarda temiryo‘l tizimida kapital qurilish direksiyasiga rahbarlik qilgan va elektrlashtirilgan “Angren – Pop” temir yo‘li qurilishida faollik ko‘rsatgan. 

      2016 – 2017-yillarda Jizzax viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. 

      2017-yildan buyon “O‘zshahar qurilish invest” injiniring kompaniyasi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

      2014 yilda "Fidokorona mehnatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan.

      2023-yil 13-iyuldan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati yagona aksiyadorining 2023-yil 13-iyuldagi 13/15-1-sonli qarori bilan boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi lavozimiga  tayinlandi.

    • Lavozim majburiyatlari
      • Jamiyat va uning ijro etuvchi apparati faoliyatining umumiy boshqarishni amalga oshiradi, jamiyatga yuklatilgan vazifalarni bajarilishiga va “O’zbekiston temir yo’llari” AJ Nizomiga rioya qilishga mas’ul, boshqaruv raisi o’rinbosarlari ortasida vazifalarni yuklaydi, “O’zbekiston temir yo’llari” AJ faoliyati masalalari yechimida ularning vakolatlarini aniqlaydi;
      • Oliy Majlis, Respublika Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Kengash va boshqaruvning normativ hujjatlari bajarilishini nazoratini ta’minlaydi;
      • jamiyatning faoliyati samarasini ta’minlaydi, ishning yakuniy natijalari va poezdlar harakati xavfsizligi oshirish chora-tadbirlarini o’tkazadi.
      • kadrlar siyosatini amalga oshiradi;
      • jamiyatning xo’jalik va moliyaviy faoliyatini hamda xo’jalik ishlarini rejalashtirish masalarini muvofiqlashtiradi;
      • adolat tamoillarini, boshqaruv usullarining iqtisodiy va ma’muriy moslashuvi, jamiyat faoliyati masalalarini muhokama qilish va yechishda yakka rahbarlik, hamda kollegiallikni ta’minlaydi;
      • Hamdo’stlik mamlakatlarining temir yo’l transporti Kengashi a’zosi.

  • Raxmetov Xikmatulla Narzullayevich
    Boshqaruv raisi birinchi o’rinbosari

    Raxmetov Xikmatulla Narzullayevich

    • Qisqacha tarjimai hol

      2023-yil 13-iyuldan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati yagona aksiyadorining 2023-yil 13-iyuldagi 13/15-1-sonli qarori bilan boshqaruv raisi birinchi o'rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.

    • Lavozim majburiyatlari
      •  jamiyatning iqtisodiy, moliyaviy va investitsion faoliyatini boshqaradi;
      • ishlab chiqarish samaradorligi va rentabelligini oshirishga qaratilgan sohalarning iqtisodiy faoliyatini tashkillashtirish va takomillashtirishni amalga oshiradi;
      • mehnat samaradorligini va moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni kam harajat qilish bilan ko’proq natijalarga erishish orqali ish haqini oshirishni ta’minlaydi;
      • jamiyat boshqaruvi tuzilmasini va tizimini takomillashtirish jarayonlarini, qimmatli qog’ozlar bilan ishlashni muvofiqlashtiradi;
      • o’rnatilgan tizimlar bo’yicha mukofotlash va boshqa shakllardagi ma'naviy va moddiy rag'batlantirish masalarini ko’rib chiqishni tashkillashtiradi;
      •  “O’zbekiston temir yo’llari” bolinmalarining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish istiqbolli ko’rsatkichlarini shakllantirish bo’yicha muvofiqlashtiradi va boshqaradi
      • Moddiy resurslarni iqtisodiy va ratsional foydalanish bo’yicha ishlarni boshqaradi.

  • Xasilov Xusnutdin Nuriddinovich
    Bosh muhandis

    Xasilov Xusnutdin Nuriddinovich

    • Lavozim majburiyatlari
      • progressiv ilmiy-texnik ishlanmalar joriy qilishni boshqaradi, texnik va texnologik masalarni kompleks yechimiga qaratilgan chora-tadbirlarni tashkillashtiradi, asosiy ishloab chiqarish fondlarini yangilash, takomillashtirish va samarali foydalanishni boshqaradi.
      • lokomotiv, vagon, yo’l xo’jaliklari, signalizasiya va aloqa, eletr ta’minotni faoliyati va rivojlanishi masalalarini olib boradi, ilmiy-texnikaviy rijoshlanish yutuqlarini joriy qilish, texnik asboblarni saqlash, ta’mirlash va xizmat ko’rsatishning yangi g’oyalari , kerakli hajmda ehtiyot qismlar, meteriallar va yoqilg’i-energomanbaalar bilan ta’minlash asosida bu xo’jaliklarning faoliyati samarasi va ishonchini oshirishni ta’minlaydi,
      • Lokomotiv, vagon va boshqa harakatdagi tarkibning eksluatatsiya salohiyatini oshirish va texnik ta’minot ishlarini boshqaradi;
      • “O’zbekiston temir yo’llari” AJ bo’linmalarining texnik uskunalari faoliyati, texnologik jarayonlarga rioya qilish, mehnat xavfsizligi qoidalari va normasi, sanoat xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi, tabiat muhofazasi, sanitariya va boshqa organlar talablariga rioya qilish nazoratini amalga oshiradi;,  
      • “O’zbekiston temir yo’llari” AJ ilmiy-texnik kengashining raisidir.

  • Kamildjanov Abdumalik Abduvaxitovich
    Boshqaruv raisi o’rinbosari

    Kamildjanov Abdumalik Abduvaxitovich

    • Qisqacha tarjimai hol


    • Lavozim majburiyatlari
      • jamiyatning ekspluatatsion ishlarini boshqaradi, lokomotiv brigadalar va tortish uskunalardan samaradorli foydalanish qismida tashish jarayonlarini ta’minlash bo’yicha ishlarni tashkil qiladi, tashish sifatini oshirish, harakatdagi tarkib va texnik uskunalardan samarali foydalanish, tashish jarayonlari texnologiyalarini takomollashtirish ishlarini tashkillashtiradi;
      • “O’zbekiston temir yo’llari ” AJ bo’ylab poezdlar harakati havfsizligini ta’minlash va manyovr ishlarini ishlab chiqarish boyicha nazoratni amalga oshiradi;
      • tashish vazifalarini bajarish, poezdlar harakati havfsizligini ta’minlash masalalari va manyovr ishlarini ishlab chiqarish bo’yicha jamiyat bo’linmalari faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf qilish choralarini tashkil qiladi;
      • lokomotiv va vagonlarni ishlatishni takomillashtirish, hisobga olish va hisobotni takomillashtirish, hisoblash texnikasi uskunalarini ekspluatatsiya qilish, zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarni joriy qilishni ta’minlaydi;
      • Poezdlar harakati jadvali va unga bo’gliq bo’lgan texnik va texnologik normativlarni ishlab chiqishni boshqaradi.

  • Yusupov Jamolbek Zokir oʻgʻli
    Boshqaruv raisi o’rinbosari

    Yusupov Jamolbek Zokir oʻgʻli

    • Qisqacha tarjimai hol

      2023-yil 6-yanvardan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati yagona aksiyadorining 2022-yil 30-dekabrdagi 72-sonli qarori bilan boshqaruv raisining oʻrinbosari lavozimiga  tayinlandi.

    • Lavozim majburiyatlari
      • mehnat jamoasini ijtimoiy takomillashtirish va jamiyatning kadrlar salohiyatini shakllantirish ishlarini tashkillashtiradi;
      • jamiyat ishchilarining hayoti va turmush tarzini yahshilash, moddiy va ma’naviy talablarini qondirish masalalarini hal qiladi;
      • jamiyat korxona va tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni, intizomni kuchaytirishda mehnat jamoalarining o’rnini oshirishni tashkil qiladi
      • ijtimoiy soha masalalar yechimida ijtimoiy adolatga rioya qilishni nazoratini amalga oshiradi;
      • sog’liqni saqlash, oliy va o’rta mahsus ta’lim, sog’lomlashtirish, dam olish va sport tizimini takomillashtirish ishlarini tashkillashtiradi;
      • Jamiyat korxonalarida uzluksiz ishlab-chiqarish iqtisodiy ta’limni, samarali kasbiy yo’nalish, mehnat an’analarini targ’ib qilish va temityo’lchi kasbining nufuzini oshirishni tashkil qiladi.

  • Rizayev Elyor Abdumalikovich
    Boshqaruv raisi o'rinbosari

    Rizayev Elyor Abdumalikovich

    • Lavozim majburiyatlari
      • Investitsiya dasturini shakllanishtirish, jamiyatning investitsiya siyosatini amalga oshirilish, xorijiy investitsiyalar tomonidan amalga oshirilayotgani shu jumladan, va qurilish loyihalarining manzilli dasturini shakllantirishni tashkil etadi;
      • qurilish sohasida yangi texnologiyalarni joriy etishni tashkil qiladi;
      • ishlab chiqarish ob'ektlari va standart bo'yicha ijtimoiy ob'ektlarni qurish tashkil etadi;
      • "O'zbekiston temir yo'llari" AJ muassasalarini qurish va ta'mirlash rejalarini amalga oshirilishini ta’minlaydi;
      • aksiyadorlik jamiyatning qurilish korxonalari faoliyatini, shuningdek, kapital qurilish rejalarini amalga oshirish nuqtai nazaridan vazirliklar, idoralar va qurilish sanoati va boshqa tashkilotlar bilan o'zaro hamkorligini muvofiqlashtiradi;
      • "O'zbekiston temir yo'llari" AJning qurilish bazasi va pudrat korxonalarini oqilona taqsimlash va rivojlanishtirish , shuningdek, ularning ish samaradorligini oshirishni ta'minlaydi;
      • qurilish jarayonida moddiy resurslardan iqtisodiy va oqilona foydalanish bo'yicha ishlarni boshqaradi;
      • qurilish va montaj ishlari sifati ustidan texnik nazorat tashkil etish vazifalarini nazorat qiladi;
      • loyihaviy- tadqiqot ishlar rejasi bajarilishini nazorat qiladi;
      • ob'ektlarni qurish va rekonstruksiya qilish doirasida loyihalarni yuqori texnik darajasini ta'minlaydi;
      • nazoratdagi xo’jalik tarmoqlarida investitsiyalar bo'yicha takliflar tayyorlaydi;
      • yordamchi qishloq xo'jaligi bo’limlari faoliyati va ularning ish faoliyati samaradorligi oshirish masalalarini hal qiladi.